28 Oktyabr 2022 yil 220

“Qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlash borasida ota-onalarning roli va o‘rni”  

 IIV huzuridagi JIED To‘rtinchi mintaqaviy hudud 2-son JIEK shaxsiy tarkibi hamda ularning oila a’zolari ishtirokida “Qonunchilik va xizmat intizomini mustahkamlash borasida ota-onalarning roli va o‘rni” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot ruhida kechgan yig‘ilishda xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya etishi, zimmasiga yuklangan vazifalarni bekam-ko‘st bajarishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani, xodimlarning oilaviy va shaxsiy muammolarini o‘rganish va hal etishda koloniya rahbariyati bilan birgalikda, ota-onalar va ularning oila a’zolarining ham ko‘magi zarurligi haqida fikr-mulohazalar o‘rtoqlashildi. Bundan tashqari, xizmat davomida va xizmatdan tashqari paytlarda rahbariyat va ota-onalar mustahkam aloqa o‘rnatishi, xodimlarning xatti-harakatlarini nazorat qilishda hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi to‘g‘risida mulohazalar bildirildi. Yakunda  xizmat faoliyatida yuksak ijobiy natijalarga erishgan, hamkasblariga namuna bo‘lib kelayotgan xodimlar va ularning oila a’zolariga koloniya boshlig‘ining "Tashakkurnoma"lari topshirildi.

Text to speech