5 Yanvar 2024 yil
795
"Qonun ustuvor - jazo muqarrar" bugungi profilaktika kunining bosh shiori
Shahrisabz
shahar madaniyat markazida huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka
qarshi kurashish maqsadida sayyor sud majlisi tashkil etildi. Unda 500 ga yaqin
uyushmagan yoshlar, jinoyat sodir etishga moyil shaxslar, xotin-qizlar,
"mahalla yettiligi" va boshqa mas’ul shaxslar ishtirok etishdi.
Sud
muhokamasida 2024 yil davomida "mahalla yettiligi"ga mahallalarda
huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashda manzilli
ishlash kerakligi alohida ta’kidlandi.
Shu
bilan birga, sud yakunida 11 nafar shaxsning qilmishiga mutanosib jazo
tayinlanib, shu yerning o‘zida qamoqqa olindi va majlis ishtirokchilariga har
bir holatda "qonun ustuvor va jazo muqarrar" ligi tushuntirildi.