21 Yanvar 2022 yil 546

“QONUN BOR JOYDА-TАRTIB BOR”


Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni roʼyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori talablariga koʼra, “Oʼzbekiston Respublikasida vaqtincha boʼlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar tegishli ravishda milliy pasport yoki harakatlanish hujjati bilan vaqtincha roʼyxat asosida yashaydilar. Vaqtincha roʼyxatga olish chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar Oʼzbekiston Respublikasiga kirib kelganlaridan keyin hududiy MvaFRB yoki davolash muassasalariga uch ish kuni davomida, joylashtirish vositalariga esa ikki kun davomida murojaat qilish orqali amalga oshiriladi”- deb belgilangan.
Biroq, ushbu tartib-qoidani buzgan chet el fuqarolari hamda ularni qabul qilgan xonadon egalari mazkur tartibni buzganligi uchun jarima toʼlamoqda.
Joriy yilning 20 kuni davomida manna shunday tartib-qoidani buzgan 3 nafar chet el fuqarolari belgilangan muddat ichida vaqtinchalik qayddan oʼtish uchun murojaat qilmaganliklari uchun Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasi 1-qismiga koʼra, har biri eng kam ish haqining besh baravari miqdorida hamda ushbu chet el fuqarolarini oʼz xonadonida vaqtinchalik qayddan oʼtkazmay noqonuniy yashashiga shart-sharoit yaratib berganligi uchun 3 nafar xonadon egalariga nisbatan mazkur kodeksning 225-moddasi 5-qismiga koʼra, har biri eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Shu sababli, xorijiy davlatlardan yurtimizga tashrif buyurayotgan chet el fuqarolarini va ushbu fuqarolarni yashashi uchun turar-joy bergan xonadon egalari va ularni qabul qilgan korxona, tashkilot hamda mehmonxona mansabdor shaxslarini amaldagi qonun-qoidalarga ogʼishmay amal qilishsa, yuqorida koʼrsatib oʼtilgan salbiy holatlarning oldi olinadi. Zero, “Qonun bor joyda-tartib bor”.

Text to speech