“Qonun bor joyda-tartib bor”
Joriy
yilning o‘tgan davrida Qarshi shahrida joylashgan mehmonxonalarda chet el va
mahalliy fuqarolarni qabul qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari o‘rganib
kelinmoqda. O‘rganishlar davomida amaldagi tartib-qoidani buzgan “Royal Plaza”
mehmonxonasi ma’muriyati O‘zbekiston
Respublikasi MJtKning 223-moddasi 3-qismiga ko‘ra, ma’muriy javobgarlikka
tortildi.
Viloyat IIB
M va FRB hamda Qarshi shahar IIOFMB xodimlari xorijiy davlatlardan yurtimizga
tashrif buyurayotgan chet el fuqarolarini va ushbu fuqarolarni yashashi uchun
turar-joy bergan xonadon egalari va ularni qabul qilgan korxona, tashkilot
hamda mehmonxona mansabdor shaxslarini amaldagi qonun-qoidalarga og‘ishmay amal
qilishi borasida joylarda muntazam targ‘ibot ishlarini amalga oshirib kelmoqda.
Zero,
“Qonun bor joyda-tartib bor”.