Qonun barchaga barobar!
Hozirgi kunda viloyat hududida 122 ta
joylashtirish vositalari va davolash muassasalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ushbu joylashtirish vositalari va davolash muassasalari tadbir davomida
muvofiqlik sertifikati mavjudligi, ularning amal qilish muddati, “YE-mehmon”
tizimi o‘rnatilganligi va uni ishchi holatda ekanligi hamda tashrif buyurgan
mehmonlar o‘z vaqtida dasturga kiritilayotganligiga haqida ma’lumotlar viloyat
IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va boshqa huquqni
muhofaza qiluvchi olrganlarning mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganib
chiqildi.
O‘rganishlar davomida viloyat IIB Migratsiya
va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda Shahrisabz shahar IIB
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi xodimlari tomonidan
hamkorlikda joriy yil 2 may kuni Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan tadbirda
mehmonxonalar mas’ul xodimlari tomonidan 5 nafar fuqarolarini o‘z vaqtida
“YE-mehmon” dasturi orqali vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazmaganligi aniqlandi.
Natijada, Shahrisabz shahrida joylashgan
mehmonxonalar rahbarlari M.Z. N.F larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 223-moddasi 3-qismiga ko‘ra
ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ularning har biriga bazaviy hisoblash
miqdorining 5 baravari, ya’ni 1 700 000 (bir million etti yuz ming) so‘m
miqdorida jarima qo‘llanildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.