16 Avgust 2024 yil 519

Qonun barchaga barobar

“Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbiri doirasida vohada hujjat tartiboti ijrosi viloyat IIB va Qarshi shahar IIOFMB M va FRB xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi. 

Tadbir davomida, joylashtirish vositalari va davolash muassasalarini muvofiqlik sertifikati mavjudligi, ularning amal qilish muddati, “YE-mehmon” dasturi o‘rnatilganligi va uni ishchi holatda ekanligi hamda tashrif buyurgan mehmonlar haqida ma’lumotlar mas’ul xodimlar tomonidan o‘z vaqtida dasturga kiritilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yil 15 avgust kuni o‘tkazilgan tadbirda Qarshi shahrida joylashgan “Status” mehmonxonasi mas’ul xodimlari tomonidan Turkiya Respublikasi fuqarosi U.M.ni shu yil 8 avgust kunidan 12 avgust kuniga qadar “YE-mehmon” dasturi orqali vaqtincha ro‘yxatga qo‘ymaganligi aniqlandi.

Natijada, mehmonxona rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasi 4-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining

20 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llandi.

Text to speech