10 Yanvar 2025 yil 208

“Onlayn qimor-inqiroz va halokat tomon bosilgan yo‘l” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazishdi

Qashqadaryo viloyati IIB TQX Kiberxavsizlik bo‘limi tomonidan Mudofaa vazirligiga qarashli 63226-sonli harbiy qismda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi” kuni doirasida “Onlayn qimor-inqiroz va halokat tomon bosilgan yo‘l” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazishdi. Unda harbiy xizmatchilarga hozirgi kiberjinoyat olamida kuzatilayotgan vaziyat, kiberjinoyatlarning yangi turlari va ularni sodir himoyalanish usullari, axborot xavfsizligi, moliyaviy piramida, onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarning salbiy oqibatlari hamda kibergigiyena, shaxsiy ma’lumotlarini oshkor qilmaslik, ijtimoiy tarmog‘lardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari mavzusida suhbat olib borildi.

Tadbir yakunida Kiberxavfsizlik markazining “Syber102| IIV Kiberxavfsizlik markazi” nomli “Telegram” va “Youtube” kanallari va “SAFEme” ilovasi tanishtirilib o‘tildi.

Text to speech