Ommaviy axborot vositalari – jamiyat koʼzgusi
Qashqadaryo viloyati IIBda “Ommaviy axborot vositalari – jamiyat koʼzgusi” mavzusida “Maʼrifat darsi boʼlib oʼtdi. Unda boshqarma sohaviy xizmatlari xodimlari, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʼlimi, Musulmonlar idorasining viloyat boʼlimi hamda Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirni viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari polkovnik X.Bozorov ochdi.
Bugun axborot oqimining shiddatini koʼpchilik yaxshi his qiladi. Uni toʼsib qoʼyishga har qanday kuch, qudrat ojizlik qilishini hayotning oʼzi koʼrsatib turibdi. Аxborot faqatgina biron-bir voqea-hodisa yuzasidan maʼlumot yetkazish, kishilarni yangilik yoki oʼzgarishlardan voqif etish vositasi emas, bugun axborot va kommunikatsiya moddiy, maʼnaviy, ijtimoiy sohalarning rivojiga turtki beradigan, hatto hal qiluvchi rolь oʼynaydigan darajaga yetdi.
Birinchi jadidlar nashri – “Taraqqiy” gazetasi Toshkent shahrida Ismoil Obidov muharrirligida, 1906 yil 27 iyundan eʼtiboran chop etila boshlangan. Аynan shu sababdan ham 28 yildirki, Oʼzbekistonda 27 iyunь – “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” sifatida nishonlab kelinadi.
- Prezidentimizning 2019 yil 27 iyundagi «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qarori ijrosini samarali va sifatli taʼminlash yoʼnalishida qator ishlar olib borilmoqda. Аynan shu maqsadda 3 yil muqaddam Prezidentimiz tashabbusi bilan Oʼzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi, - dedi yigʼilishda soʼzga chiqqan boshqarma Аxborot xizmati rahbari podpolkovnik I.Rasulova. - 2018 yil 28 noyabrida Qurolli Kuchlar akademiyasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibda boʼlib oʼtgan yigʼilishida davlatimiz rahbari yurtimizda harbiy jurnalistikani rivojlantirish boʼyicha muhim vazifalar belgilab berdi. Natijada 2019 yildan eʼtiboran Oʼzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida harbiy jurnalistlarni tayyorlash yoʼlga qoʼyildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlarida ham amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlarni, xolis va haqqoniy axborotlarni xalqqa tezkor yetkazish, jamoatchilik nazoratini yoʼlga qoʼyish maqsadida Ichki ishlar vazirligi tizimlarida Аxborot xizmatlari yoʼlga qoʼyilganligini alohida taʼkidlash joiz.
Аxborot xizmatlari tizim faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, jumladan, matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʼli bilan aholiga muntazam, toʼliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib bormoqda. Oʼz navbatida bu tizimda ochiqlik, shaffoflik va oshkoralik asosida ish yuritilib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, eng muhimi, osoyishtalik barqarorligi mustahkamlanmoqda.