26 Dekabr 2023 yil 544

Ombudsman bolalar bilan uchrashdi

Qashqadaryo viloyati IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga O‘zbekiston Respublikasi bola huquqlari bo‘yicha vakili, ombudsman Surayyo Rahmonova tashrif buyurdi. Ombudsman markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlar bilan  turmush tarzi va kundalik tashvishlari haqida suhbatlashdi. 

IIV mas’ul xodimi, polkovnik Ismoil Ximmatov, Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila  Karamova, IIB JXX HPB boshlig‘i, polkovnik R.Temirov va mas’ullar hamrohligida ombudsman  markazda voyaga yetmaganlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib, tavsiya va takliflar berdi.

Text to speech