7 May 2021 yil 564

Omborga tushgan oʼgʼrilar

Qarshi shahar “Qilichbek-qoʼrgʼoncha” MFYda yashovchi K.T. IIO FMB 4-sonli IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 03 may kuni nomaʼlum shaxslar Qarshi shahar “Darvozatutak” MFY hududida joylashgan “Аrtel” nomli savdo doʼkoni omborxonasidan, bozor baxosi 3.200.000 soʼmlik 3 dona “Аrtel” va 1 dona bozor baxosi 4.200.000 soʼmlik “Аvalon” rusumli sovutgichlar hamda 1 dona “Аrtel” rusumli 32 dyumli televizorini nomaʼlum shaxslar oʼgʼirlab ketganligini bildirgan.

Qarshi shahar IIOFMB 4-sonli IIB JQB va profilaktika xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni shaharning “Qarliqbogʼot” MFYda yashovchi Z.А. sodir etilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIOFMB 4-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech