11 Fevral 2023 yil
507
Olti bosh qo‘ylar o‘g‘risi fosh etildi
Tarki odat amri mahol deganlaridek, ertalab qo‘ylardan xabar olgani borgan Mirishkor tumanida yashovchi uy bekasi Q.I. qo‘yxonaning eshigi ochiqligini ko‘rdi. Darhol bu haqda Mirishkor tuman ichki ishlar bo‘limiga xabar berdi.
Holat bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv va tezkor qidiruv harakatlari natijasida qo‘ylarni Mirishkor tumani “Jeynov” MFYda yashovchi X.B. o‘g‘irlaganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Mirishkor tumani IIB huzuridagi TG tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.