15 Avgust 2024 yil 548

Olis Dehqonobodda sayyor qabul

Qashqadaryo viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari janubiy hudud - markazdan qariyb yuz kilometr masofada joylashgan  Dehqonobod tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomli Jamoat salomatligi texnikumida ommaviy sayyor qabul o‘tkazishdi. Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Abduvohid Ismoilov sayyor qabulda o‘ndan ortiq fuqarolarning turli masalalarga oid murojaatlarini qabul qildi. 

Ichki ishlar organlari xodimlari olib borayotgan surishtiruv va tergov harakatlari hamda sohada ish joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganildi. 

Ommaviy qabulda tushgan murojaatlarning 4 tasi joyida hal etildi. Ayrim fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi.

Tumanning Xo‘jamaxmud mahallasida yashovchi Norqobil Safarov yaqinda noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan 6 bosh chorva mollarini ichki ishlar bo‘limi xodimlari topib bergani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Jumladan, qabulda pasport olish yoshiga yetgan 3 nafar dehqonobodlik yoshlarga fuqarolik ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi. 

Mablag‘ va vaqt talab etadigan 5 ta murojaatlar mas’ullarga ijro uchun berilib, hal etish vazifasi yuklatildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech