13 Fevral 2024 yil 209

Olimpiada gʼoliblari aniqlandi

IIV Qashqadaryo akademik litseyi oʼquvchilari oʼrtasida huquqshunoslik fani olimpiadasining ilk bosqichi oʼtkazildi. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalariga sharh berish, huquqiy atamani sharhlash, huquqiy vaziyatga baho berish va test jarayonidan iborat bahslarda oʼquvchilar bor bilim va mahoratini ishga solib kurashdilar. Yakuniy natijalarga koʼra, 1-oʼrinni 22-04 guruh oʼquvchisi Oxunjon Qurbonov, 2-oʼrinni 22-06 guruh oʼquvchisi Zufar Аvazov, 3-oʼrinni 22-05 guruh oʼquvchisi Sevinch Ochilova egalladi va olimpiadaning Respublika bosqichiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdi.

Text to speech