29 Mart 2024 yil 262

G‘oliblar taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining taqvimiy rejasiga asosan,  voha huquqni muhofaza qiluvchi organlar shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning   “Mini futbol” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Qarshi shahridagi “Geolog” o‘yingohida bo‘lib o‘tgan musobaqada jamoalar o‘zaro kuch sinashdilar. 

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan mini futbol musobaqasida 1-o‘rinni DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni  55158-harbiy qism va Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi futbolchilari qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining diplomi, medal va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi

Text to speech