27 Fevral 2024 yil 348

G‘oliblar taqdirlandi


Qarshi shahridagi Olimpiya va paralimpiya zahiralari ixtisoslashgan maktabida ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning  yengil atletika turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma tarkibiy va hududiy bo‘linlarida xizmat olib borayotgan xodimlar uzunlikka sakrash, 100 hamda 5000 metr masofaga yugurish bahslarida o‘zaro bellashdilar.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra Yakkabog‘ tuman ichki ishlar bo‘limi JXX HPB profilaktika inspektori, katta serjant Shaxzod Xolmurodov g‘olib bo‘ldi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Yakkabog‘ tuman ichki ishlar bo‘limi JXX HPB profilaktika inspektori, kapitan Akbar Abdinazarov va Mirishkor tuman ichki ishlar bo‘limi JXX HPB profilaktika inspektori, leytenant  Asqarali Choriyev qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblar diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech