30 Dekabr 2023 yil 781

G‘oliblar aniqlandi

Jismoniy va jangovar tayyorgarligi oyligi doirasida Qashqadaryo viloyati IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIB xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan shaxmat musobaqasida 1-o‘rinni IIV SHHBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi kanselariya boshlig‘i safdor Jamshid Aliqulov qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni boshqarma JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi katta inspektori mayor Isomiddin G‘ulomov va EKM bosh eksperti katta leytenant Abdurazzoq Xudoyberdiyev band etishdi.

Musobaqaning xotin-qizlar o‘rtasidagi shashka yo‘nalishida Qarshi shahar IIO FMB VEBIG katta inspektori, podpolkovnik Adolat Begimova barcha raqiblaridan ustunligini namoyish etib, g‘oliblik shohsupasidan joy oldi. Viloyat IIB JXX HPB inspektori, mayor Charos Noibova 2-o‘rinni, boshqarma JXX Kanselyariya boshlig‘i safdor Feruza Tojiyeva 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar boshqarma rahbariyatining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech