20 Iyul 2024 yil 685

Hokim profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi

Qarshi shahar hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda shahar hokimi Normo‘min Xolboyev, IIO FMB boshlig‘i Farrux Ibragimov, shahar prokurorining o‘rinbosari Davron Tursunov, shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas’ullari hamda mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishtirok etishdi.


Bugun jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish va mahallalarda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda profilaktika inspektorlarining xizmatlari beqiyos bo‘lmoqda. Uchrashuvda shahar hokimi N.Xolboyev so‘zga chiqib, mahallalarni obod va xavfsiz hududga aylantirish, aholi tinchligi va xavfsizligini ta’minlashda profilaktika inspektorlari va "mahalla yettiligi" hamkorligida samarali ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi. 


Ochiq muloqotda profilaktika inspektorlari xizmat faoliyatini yanada samarali olib borishlarini ta’minlash uchun ularning muammo va takliflari tinglandi.


Tadbir yakunida mahallasida jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymagan va ijobiy ko‘rsatkichlar bilan namuna bo‘layotgan profilaktika inspektorlariga shahar hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech