"Oynako‘l" MFYda yashovchi uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, polkovnik
A.Allanazarov Qamashi tumanidagi kasb-hunar maktabida o‘ziga biriktirilgan
"Oynako‘l" MFYda yashovchi uyushmagan yoshlar bilan uchrashdi.
Asosiy e’tibor yoshlar tomonidan jinoyatchilik
va huquqbuzarlik sodir etilishini oldini olishga qaratildi. Shuningdek,
uchrashuv jarayonida yoshlarga giyohvandlik, terrorizm, odam savdosi va boshqa
turdagi jinoyatlarning qurboni bo‘lib qolmasliklari, ushbu jinoyatlarni sodir
etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi to‘g‘risida tushuntirishlar
berildi.
Uchrashuv jarayonida yoshlarning ishsizlik,
kredit olish, kasb-hunarga o‘qitish kabi muammolari tinglanib, yechimini topish
choralari ko‘rildi. Mablag‘ va vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ullar
biriktirilib, vazifador etildi. Ayrim muammolar bo‘yicha murojaatchilarga
huquqiy maslahatlar berilib, mahalla yettiligiga tavsiya va ko‘rsatmalar
berildi.
Yoshlar bilan profilaktik targ‘ibot tadbirlari
davom ettirilmoqda.