19 Iyun 2021 yil 492

OITSdan EHTIYОT BOʼLING!


Koson tumanida viloyat IIB JQB va viloyat OITSga qarshi kurash markazi xodimlari bilan hamkorlikda “Orttirilgan immunitet tanqisligi infektsiyasining oldini olish va uning profilaktikasi” mavzusida davra suhbatlari boʼlib oʼtdi. Unda tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamaot salomatligi markazi va tumandagi maishiy xizmat koʼrsatish sohasi xodimlari ishtirok etdi.
Sanitariya markazi shifokorlari, oʼrta tibbiyot xodimlari va sartarosh hamda goʼzallik saloni xodimlari va imom-xatiblar ishtirok etgan yigʼilishlarda orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi kasalligining yuqish usullari va sabablari, ayniqsa, chet ellarga ishga borib kelgan yigitlar tibbiy koʼrikdan oʼtmasdan sharʼiy nikoh asosida turmush qurayotgani jonli misollar asosida tushuntirildi. Qonuniy nikohdan oʼtmasdan turmush qurish, ularga nikoh oʼqish qonunga zidligi va javobgarlik borligi, yoshlar orasida bu kabi kasalliklarni oldini olish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish borasida mutaxasislar tomonidan ishtirokchilarga keng tushunchalar berildi.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvlar yakunida ishtirokchilarni qizitirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Text to speech