17 Fevral 2021 yil 550

OILА USTUNIGА DАRZ KETMАSIN

Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB HPB XQMB katta inspektori N.Xujanova shaharning “Istiqlol” MFY raisi R.Baxronov va boshqa masʼul mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida Qarshi tumanida yashovchi fuqaro X.H.ning qizi А.А.ni turmush oʼrtogʼi M.B. oʼldirish bilan qoʼrqitib, tuhmat qilganligi toʼgʼrisida ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Mazkur murojaat yuzasidan shu mahallada yashovchi M.B., va uning ota-onasi bilan suhbat oʼtkazilib, oilada yuzaga kelgan kelishmovchilikni muhokama qilishdi.
Muhokama davomida M.B. bir necha yillardan buyon chet davlatda ishlashi, 2020 yil dekabrь oyida yurtiga qaytib, А.А. bilan tanishib, yanvarь oyida turmush qurishganligi, biroq oʼrtada kelishmovchilik va nizo yuzaga kelganligi sababli birga yashamayotganliklarini maʼlum qildi. Yoshlarga oila - muqaddas qoʼrgʼon, uning poydevori qanchalik mustahkam boʼlsa, hayoti shunchalik farovon boʼlishi, qadimdan ota-bobolarimiz “Etti oʼlchab, bir kes”ish lozimligini bekorga aytishmagan. Bu naqlni hozirgi kunda yetmish marta oʼlchab kesish kerak, deb oʼzgartirsa ham mubolagʼa boʼlmasligi tushuntirildi.
Yakunda tomonlarga masalaga faqat qonuniy yoʼl bilan yondoshish lozimligi tushuntirildi. Shuningdek, kelgusida yuzaga kelgan har qanday nizo va kelishmovchiliklarni tinch yoʼl bilan hal etish, nojoʼya yoki gʼayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etmaslik toʼgʼrisida yoshlar rasman ogohlantirilib murabbiylar biriktirildi.

Text to speech