20 Iyun 2024 yil 865

“Oila – muqaddas qo‘rg‘on!”

Oila muqaddas dargoh. Uning ustunlari boʻlmish er va xotin munosabatlarinig turgʻunligi va ahilligi ham farzandlar tarbiyasi shuningdek, ularning kelajagi uchun muhim omil sanaladi.

Ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish, erta va qarindoshlar o’rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, farzand tarbiyasi, notinch oilalar muhitini sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hamda ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish maqsadida “Turmush” profilaktik tadbirlari bo’lib o’tmoqda.

Xususan, Mirishkor tumani IIB HPB xodimlari tomonidan ajrim yoqasidagi oilalar, profilaktik hisobda turuvchi xotin-qizlar bilan alohida yakka tartibdagi profilaktik ishlar tashkil qilinib, ularning oilaviy sharoiti va muammolari o’rganilmoqda.

Shuningdek, boy hayotiy tajribaga ega insonlarni jalb etgan holda, oila aʼzolarining burchlari, farzand tarbiyasidagi ahamiyati haqida ham keng koʻlamli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Text to speech