30 Iyul 2022 yil 558

Qoidabuzarlarga chora ko'rildi


Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda tegishli vakolatli organlar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan tezkor-profilaktik tadbirlar rejasiga asosan jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning Oʼzbekiston Respublikasida yashash va boʼlish qoidaliriga rioya etishlari boʼyicha voha hududida nazorat tekshiruv tadbirlari oʼtkazilmoqda. Tadbirda asosiy eʼtibor viloyat hududida joylashgan joylashtirish vositalari va davolash muassasalariga, bundan tashqari xususiy sektorlarda yashovchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning “Pasport-viza” tizimi qoidalariga rioya etishlariga qaratildi.
Hozirgi kunda viloyat hududida 77 tadan ortiq joylashtirish vositalari va davolash muassasalari faoliyat yuritib kelmoqda. Ular faoliyati davomida, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarini belgilangan tartibda “E-mehmon” dasturi orqali qabul qilishlari bilan bir qatorda, baʼzi kamchiliklarga ham yoʼl qoʼyish holatlari kuzatilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 28 iyul kuni viloyat miqyosida oʼtkazilgan tezkor profilaktik tadbir davomida, Qarshi shahrida joylashgan “Dustmurodova Momogul Samadovna” oilaviy korxonasiga qarashli “VOLIDAM” xostelida 3 nafar Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari 25 iyul kunidan buyon yashab kelayotganligi, lekin mehmonxona masʼul xodimi tomonidan ularni belgilangan tartibda “E-mehmon” dasturiga vaqtincha roʼyxatga qoʼymaganligi aniqlandi.
Natijada, Qarshi shahrida joylashgan “Dustmurodova Momogul Samadovna” oilaviy korxonasiga qarashli “VOLIDAM” xosteli rahbari D.A.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 223-moddasi 3-qismi boʼyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida jarima qoʼllanildi.
Hozirda, joylardagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati masʼul xodimlari tomonidan joylashtirish vositalari va davolash muassasalarini “Pasport-viza” tizimi qoidalariga rioya yetishlari nazorat qilib borilmoqda.

Text to speech