Qoida barchaga barobar
Viloyat IIB PPX va JTSB karantin vzvodi xodimlari Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 maydagi “Ixtisoslashtirilgan soʼyish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda isteʼmol bozoriga goʼsht va goʼsht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori, Ichki ishlar vazirligining sohaga oid buyruq hamda tegishli meʼyoriy hujjatlari ijrosini taʼminlashda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qoʼmitasining hududiy boshqarmasi vakillari bilan hamkorlikda ish yuritib, mavjud 3ta “Umakay”, “Mingchinor” va “Shirinbuloq” YPX maskanlarida mutasaddi xizmat xodimlari bilan hamkorlikda tunu-kun viloyat hududidagi isteʼmol bozorlariga sifatsiz va isteʼmolga yaroqsiz hayvon goʼshtlari va xom ashyolarni kirib kelishi, chiqib ketishi va sotilishini oldini olishga qaratilgan maxsus tadbirlar oʼtkazib kelmoqda. Jumladan, 2021 yil 23 noyabrь kuni “Qashqadaryo-Buxoro” yoʼnalishida harakatlanib kelgan “Labo” rusumli avtomashina toʼxtatilganda 470 kg mayda shoxli mol goʼshtini, veterinariya maʼlumotnomalari asosida, lekin, belgilanmagan avtomashinada olib kelinayotganligi aniqlandi. Haydovchi Buxoro viloyatida yashovchi А.M. boshqarma karantin vzvodi va viloyat veterinariya boshqarmasi nazoratchilari tomonidan rasmiy ogohlantirildi. Shuningdek, boshqa viloyatga olib chiqib ketilayotgan uy hayvonlarining veterinariya va boshqa tegishli hujjatlari nazoratdan oʼtkazildi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.