27 Yanvar 2021 yil 702

Ogʼufurushning siri fosh boʼldi

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimi B.Nurmatov 21.01.2021 yil oʼziga biriktirilgan maʼmuriy hududda oʼz xizmat vazifasini bajarib yurgan vaqtida Shahrisabz tumanida yashovchi, 1999 yilda Shahrisabz tumanida tugʼilgan fuqaro Ya.H shubha uygʼotganligi sababli, oʼzining yonida boʼlgan narsa va buyumlarini koʼrsatishini soʼragan. Shunda fuqaro Ya.H kulrang nimchasining  chap tomon ichki choʼntagida boʼlgan, yaltiroq qogʼozga oʼralgan  yashil rangli oʼtkir hidli oʼsimlik quritmasini taqdim qilgan. Shundan soʼng, yashil rangli, oʼtkir hidli, oʼsimlik quritmasi kelgusida tekshirib koʼrish uchun xolislar ishtirokida xujjatlashtirib olingan.

Xozirda ushbu xolat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergovga harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech