3 Iyul 2020 yil 932

Ogʼufurushning noqonuniy harakatiga chek qoʼyildi

2020 yilning 02 iyul kuni, Qashqadaryo viloyati IIB THB tezkor xodimlari tomonidan fuqaro O.B.ning arizasiga asosan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani Choshtepa MFYda yashovchi B.S, I.J.ga 130 gramm giyohvandlik moddasini 2.400.000 soʼm evaziga sotishga oldindan kelishib olib, shu kuni soat 16:30larda giyohvandlik moddasini 2.400.000 soʼmga sotgan vaqtida xolislar ishtirokida qoʼlga olinib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Sudga oid kimyoviy ekspertizasining xulosasida, fuqaro B.S.dan sotib olingan 1 dona sellofan paketiga solingan yashil rangli, quruq holatdagi, oʼziga xos hidli, oʼsimlik moddasi-tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjudligi, bu oʼsimlik moddasi marixuana giyohvandlik vositasi ekanligi, uning sof ogʼirligi 127,4 (bir yuzi yigirma yetti butun oʼndan toʼrt) gramm ekanligini koʼrsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan toʼplangan hujjalar qonuniy toʼxtamga kelishlik uchun hududiylik boʼyicha Chiroqchi tuman IIBga topshirildi. B.S Oʼz.Res JPKning 224-moddasi tartibida ushlandi.

Text to speech