2 Fevral 2023 yil 251

Og‘u shaydosi qo‘lga tushdi

2023 yil 28 yanvar kuni viloyat IIB va Qamashi tuman IIB hamda DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda yana bir og‘ufurush qo‘lga tushdi. Jumladan, Qamashi tumani Ulug‘bek MFYda yashovchi B.A. marixuana giyohvandlik vositasini 5.000.000 so‘mga sotayotganda tadbir tashkilotchilari tomonidan ushlandi. Olingan giyohvandlik modda taroziga qo‘yilganda 24,7 gramm tosh bosdi.

Holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech