3 Iyul 2023 yil 227

Og‘u shaydolari ushlandi

Insoniyatni tanazzul sari yetaklovchi giyohvandlik moddalari va vositalarining salbiy oqibatlari xususida bugun ko‘pchilik yaxshi biladi. Ammo ayrim shaxslar mo‘may daromad orttirish ilinjida giyohvand moddalarni yetishtirish, sotish kabi holatlarga qo‘l urmoqda. Jumladan, yaqinda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va Kitob tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida yana bir guruh og‘u shaydolarining kirdikorlari fosh etildi.

Kitob tumani “Anorzor” mahallasida yashovchilar N.B., H.SH., H.N. hamda S.S.lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, joriy yil aprel oyida Kitob tumanining tog‘li hududida 1450 metr kvadrat yer maydoniga giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi 2023 yil 26 iyun kuni aniqlandi.

Tadbir davomida jami 764 tup kannabis o‘simligi hujjatlashtirib olindi.

Holat yuzasidan Kitob tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan to‘rttala shovozga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech