2 Noyabr 2021 yil 461

Oʼgʼrilar mahalladosh boʼlib chiqdi

Kitob tumani “Obod” MFYda yashovchi S.R. 2021 yil 23 oktyabr kuni viloyat IIB “102” tizimiga qoʼngʼiroq qilib, nomaʼlum shaxs bir kun oldin kunduzi eshik ochiq qolganligidan foydalangan nomaʼlum shaxslar yashash xonalarining birida turgan qora rangli diplomati va ichidagi 12.000 АQSh dollari va 12.300.000 soʼm pullari va hujjatlarini oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB va viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv xarakatlari natijasida mazkur jinoyatni, Kitob tumani “Obod” MFYda yashovchilar O.Sh., Z.Z., I.K., va Gʼ.M.lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan 7800 АQSh dollari, pullar, 1 dona “MI 11 LITE” rusumli telefon apparati hamda jabrlanuvchiga tegishli boʼlgan 30 dona har-xil turdagi hujjatlar holislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech