Oʼgʼri mahalladosh boʼlib chiqdi
2022 yil 9 may kuni viloyat IIB “102” tizimiga Yakkabogʼ tumani “Jambul” MFYda yashovchi M.Z. murojaat qilib, nomaʼlum shaxs bir kun oldin tumanning “Istiqbol” dehqon bozori hududida joylashgan “Nofelet” nomli aksessuar savdo doʼkonidan planshet, “Samsung A51”, “Samsung A50”, “K90” rusumli, “K35”, “Maxfone”, “Siccoo454”, “Inoi105”, “Siccoo5261”, “Siccoo301”, “KGTEL” rusumli jami qiymati 10.240.000 soʼmlik uyali qoʼl telefon apparatlarini nomaʼlum shaxs oʼgʼirlab ketganligini bildirgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Yakkabogʼ tumani “Jambul” MFYda yashovchi N.Q. sodir etganligi aniqlanib, undan 1 dona “Maxfone” uyali qoʼl telefon apparati hamda 1 dona “iPad” rusumli planshet tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan Yakkabogʼ tuman IIB TB tomonidan sonli jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.