7 Avgust 2021 yil 507

Oʼgʼri mahalladosh boʼlib chiqdi

Qarshi shahar “Naqshab” MFYda yashovchi J..B. 102-xizmatiga qoʼngʼiroq qilib, 2021 yil 31 iyulь kuni soat 03:00larda nomaʼlum shaxs Qarshi shahar “Naxshab” MFYda joylashgan savdo doʼkoniga eshikni sindirish yoʼli bilan kirib, xar-xil turdagi jami bozor baxosi 468.000 soʼmlik xoʼjalik buyumlari va kassadan 30.000 soʼm pullarni yashirin ravishda oʼgʼirlab ketganligini bildirgan.
Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, ushbu oʼgʼrilikni Qarshi shahar “Naqshab” MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan R.E. sodir etilganligi aniqlanib, undan oʼgʼirlangan narsa va buyumlar tegishli tartibda xujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatildi.

Text to speech