Oʼgʼri kimligi aniqlandi
2022 yil 11 may kuni Shahrisabz shaharda yashovchi Yu.N viloyat IIB “102” tizimiga qoʼngʼiroq qilib, nomaʼlum shaxs 2022 yil 11 may kuniga oʼtar kechasi Shahrisabz shahar “Qorasuv” MFY hududida joylashgan fermer xoʼjaligi binosida joylashgan xonasida turgan temir seyf ichidan 3.200 АQSh dollari va 12.000.000 soʼm pullarni oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Olib borilgan tergov va tezkor-surishtiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni, Samarqand viloyati Ishtixon tumani “Shixalkent” MFYda yashovchi E.I tomonidan sodir qilganligi aniqlanib, undan 500 АQSh dollari va 562.000 soʼm pullar ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Shahrisabz shahar IIB TB tomonidan E.I.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.