25 Fevral 2021 yil 581

OGOHLIKKА CHORLOVCHI TАDBIR

Yurt osoyishtaligi, koʼngillar xotirjamligi, fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda profilaktik tadbirlarning ahamiyati katta. Yaqinda boshlangan  “Tozalash-Аntiterror” maxsus tezkor profilaktik tadbiridan koʼlagan maqsad ham el osoyishtaligini taʼminlash, turli huquqbuzarliklar va jinoyalarning oldini olishdir. Tadbirda hokimlik, ichki ishlar organlari, huquq-tartibot idoralari, mahalla fuqarolar yigʼini, kommunal soha va boshqa mutasaddi idoralar vakillaridan iborat guruh mahalla va koʼchalarni obodonlashtirish, xonadonlarda noqonuniy yashayotgan shaxslarni aniqlash, yolgʼiz, moddiy va maʼnaviy koʼmakka muhtoj insonlarga koʼmaklashish, eng muhimi osoyishta turmushga zamin hozirlash bosh maqsad etib belgilangan. Unda shaxsiy va ovchilik oʼq otar qurollari mavjud fuqarolar hamda tashkilotlar rahbarlari bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu jarayonda oʼq otar qurolini noqonuniy saqlash jinoyat ekanligi, oʼz ixtiyori bilan topshirsa, javobgarlik masalasi boʼlmasligi tushuntirilmoqda.   

Text to speech