"OGOH BOʼLING!"
Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot markazining Qashqadaryo viloyat boʼlimi 30 iyuldagi odam savdosiga qarshi kurash kuniga bagʼishlangan, 30 kunlik odam savdosiga qarshi hamkorlikdagi keng koʼlamli tadbirga katta qiziqish va tayyorlik bilan qoʼshildi. Joriy yilning 3 iyulь kuni Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy axborot markazining Qashqadaryo viloyat boʼlimi, Qashqadaryo viloyati IIB, hamda Shaxrisabz tuman Аholi bandlikga koʼmaklashish markazi bilan hamkorlikda Shaxrisabz tumanidagi “mardikor bozori”, yaʼni vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash byurosida aktsiya oʼtkazildi. Ushbu tadbirlarning maqsadi odamlar orasida ushbu muammo borligi toʼgʼrisida xabardorlikni oshirishdir. Odam savdosi muammosi, afsuski, hanuzgacha dolzarb boʼlib turibdi. Аmmo biz kuchlarimizni birlashtirsak, fukarolarga oʼz huquqlarini , qanday himoyalanish mumkin mumkinligini, agar yordam kerak boʼlsa, kimdan yordam soʼrash kerakligini tushuntirsak, u holda odam savdosi kabi keng koʼlamli muammoni birgalikda saʼy-harakatlar bilan yengishimiz mumkin.