Ogoh bo'ling!
2020 yil 26 oktyabr kuni soat 02:05larda A 380 G'UZOR-BUXORO- NUKUS-BEYNAU yo'li 62 kmda Qarshi shahar Shayxali MFY xududida 1992 yilda tug'ilgan S.I o'zining boshqaruvida bo'lgan Tiko rusumli 70 Q 127 OA davlat raqam belgili avtomashinasi bilan harakatlanib ketayotgan.
1992 yilda tug'ilgan Buxoro viloyati Jondor tumani Navgadi MFYda yashovchi R.Y.ning boshqaruvida bo'lgan Xovo rusumli 80 Y 302 NA davlat raqam belgili avtomobilini orqa tomonidan kelib urilgan. Natijada Tiko rusumli avtomobilida bo'lgan yo'lovchi U.S og'ir tan jaroxati olib shifoxonaga murojaat qilganligi holati yuzasida Qarshi shahar YHXB xodimlari tomonidan mazkur holat yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi haydovchilar o'rtasida muxokama etildi.
Qarshi shahar YHXB haydovchilardan transport vositalarini boshqarish jarayonida doimo xushyorlik yo'llarda harakatlanish qoidalariga rioya qilishlarini so'rab qoladi.