22 Noyabr 2022 yil 689

O‘g‘irlik jinoyati fosh etildi

Ertalab molxonasiga borgan Kitob tumani “Nurafshon” MFYda yashovchi X.D. bir bosh qo‘yi yo‘qligini bildi. Qo‘ni-qo‘shnidan surishtirib, daragini topmagach, tuman IIBga ariza berdi.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida bir bosh qo‘yni Kitob tumani “Makrid” MFYda yashovchi T.X. sodir etganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Kitob tuman IIB TB tomonidan X.Tga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech