8 Sentyabr 2022 yil 544

O‘g‘irlik jinoyati fosh etildi

Kasbi tumani “Xo‘jakasbi” MFYda yashovchi uy bekasi X.Z. yashash uyiga kelib hayron qoldi. Uy ichidagi jihozlar turli tomonga titilgan holatda edi. Darhol jamg‘armasi qo‘yilgan joyni ko‘rib 400.000 so‘m pullari va 2 dona tilla uzuklari joyida yo‘qligini bildi va bu haqda 102 xizmatiga xabar qildi.

Holat yuzasidan Kasbi tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida mazkur jinoyatni qo‘shni qishloqda  yashovchi S.I. sodir etganligi aniqlanib, 2 dona tilla uzuklar tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Kasbi tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech