22 Iyul 2023 yil
487
O‘g‘irlangan mollar Kasbi tumanidan topildi
Muborak tumani “Bo‘ston” MFYda yashovchi X.SH. joriy yil 8 iyul kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘tgan kecha tumandagi “Sarik” MFYdagi fermer xo‘jaligi dala maydonida bog‘langan 2 bosh xo‘kizlarini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.
Muborak tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida, mol o‘g‘riligini Kasbi tumanida yashovchi J.R. sodir etganligi aniqlanib, undan 2 bosh xo‘kizlar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Muborak tuman IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.