29 Iyul 2023 yil 235

Odam savdosiga qarshi kurashish dolzarb oyligi yakunlanmoqda

Qarshi shahrida Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan “O‘zbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi, davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatini oshirish orqali odam savdosi bo‘yicha jinoiy javobgarlikni kuchaytirish” loyihasi doirasida “30 kun hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyati IIB JXX HPB XQMB inspektorlari ishtirok etdi.

Tadbirda avvalo odam savdosi jinoyatlarini oldini olish choralarini ko‘rish, undan jabrlanganlar xotin-qizlarga ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya qilish masalalari xususida fikr-mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Ko‘lami keng tadbirda odam savdosi jinoyatiga guvoh bo‘lganlar, ishtirokchilar va jabrlanganlar, avvalambor, ichki ishlar organlariga murojaat etishi lozimligi ta’kidlandi. Shu bois xalq orasida faoliyat yuritayotgan ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektorlarining rolini kuchaytirish bugungi kun talabi.

Seminar-treningda ishtirokchilar bilan har bir murojaatlar bilan ishlash, muammolarni bartaraf etish, odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha milliy huquqiy normativ hujjatlar va bu  jinoyatdan jabrlanganlarni identifikatsiya, himoya qilish va ularga yordam berish mavzularida amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.

Tadbirda namoyish etilgan slayd va videoroliklar ishtirokchilarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Text to speech