30 Iyul 2021 yil 442

Odam savdosi ustidan jinoiy javobgarlikni kuchaytirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlarining roli

 

Qarshi shahrida “Odam savdosi ustidan jinoiy javobgarlikni kuchaytirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlarining roli” mavzusida oʼquv seminar-trening boʼlib oʼtdi. “Istiqbolli avlod” ijtimoiy - axborot Markazi tomonidan tashkil etilgan seminar treningda viloyat IIB HPB profilaktika inspektorlari ishtirok etdi.
Seminarda ishtirokchilarga xalqimiz istiqlolga erishganda shu kungacha Oʼzbekistonda odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish boʼyicha qabul qilingan milliy huquqiy normativ hujjatlar va ularning ijrosi borasida tushunchalar berildi. Shu bilan birga odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish mexanizmini takomillashtirish, adashganlarni himoya qilish va ularga yordam berish va ushbu holat yuzasidan jinoiy javobgarlikni kuchaytirish orqali bu turdagi jinoyatlarni kamaytirish mumkin.
Jabrlangan insonlar avvalambor, birinchi ichki ishlar organlariga murojaat etadi. Shu bois xalq bilan doimo birga ishlovchi profilaktika inspektorlarining rolini kuchaytirgan holda odamlar ishonchini qoʼlga kiritish xususidagi fikr-mulohazalar oʼrtaga tashlandi. Soha xodimlari milliy va xalqaro qonunchilikni oʼrganib, amaliyotda toʼgʼri qoʼllay olishi borasidagi bilim va malakasini boyitish xususida taklif va tavsiyalar berildi.

Text to speech