5 Iyul 2021 yil 483

Odam savdosi kabi keng koʼlamli muammoni birgalikda saʼy-harakatlar bilan yengishimiz mumkin

"30 kun hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurashish oyligi" ga bagʼishlangan joriy yilning 3 iyulь kuni Shahrisabz shahridagi "KOICA" ishsiz va band boʼlmagan aholini kasb-hunarga oʼqitish markaz talabalariga targʼibot tashviqot tashkil etildi. Tadbirda aholining, ayniqsa, xotin-qizlarning odam savdosi qurboniga aylanishlarining oldini olish, huquqiy savodxonligini oshirish, ushbu jinoyatdan jabrlanganlarning Vatanga qaytishlariga, hamda jamiyatda qayta tiklanib, moslashishlariga koʼmaklashish, ularga tibbiy, ijtimoiy, huquqiy psixologik yordam koʼrsatish maqsadida Qashqadaryo viloyat IIB va Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi Qashqadaryo viloyat boʼlimi, tomonidan odam savdoga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, markazning "Dolzarb aloqa tarmogʼi" faoliyati, odam savdosidan jabrlanganlarga koʼrsatilayotgan yordam, ularni hayotga qaytarish borasida qilinayotgan ishlar, bu jarayonga hissa qoʼshayotgan koʼngillilar haqida keng tushuncha berildi. Tadbir doirasida ishtirokchilarga odam savdosi muammosi, chet ellarga chiqish va oʼzga davlatlarda boʼlish qoidalari, u yerlarda norasmiy va noqonuniy ishlashning oqibatlari, ushbu jinoyatdan jabrlanganlar uchun yoʼnaltirilgan axborotni oʼzida mujassam etgan bukletlar taqdim etildi.

Text to speech