ODАM SАVDOSI – DАVR MUАMMOSI
Bugun insoniyat hayotiga jiddiy xavf solib turgan global muammolar orasida odam savdosidek jirkanch illat ham borligi achinarli. Eng yomoni, odamlar havoyi nafs ilinjida oʼz jigargoʼshasini pullashdan ham tap tortmayotir. Jumladan, Qarshi shahrida yashovchi E.N. shu yil 25 mart kuni Qarshi shahar IIO FMB boshligʼi nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda Nishon tumani tugʼruq kompleksida navbatchi doya lavozimida ishlovchi Sh. ismli ayol bir hafta oldin tugʼilgan chaqaloqni sotmoqchi ekanini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora koʼrishlikni soʼragan.
2020 yil 25 mart kuni soat 15:00 larda Qarshi shahar IIO FMB xodimlari Qarshi shahar “Samarqand” MFY I.Karimov koʼchasida joylashgan 4-sonli umumiy oʼrta taʼlim maktabi roʼparasida, Qarshi tumanida yashovchi, Nishon tuman tugʼruqxonasida doya boʼlib ishlovchi X.Sh. va Nishon tumani Gʼ.Gʼulom MFYda yashovchi Ch.G. 4.000.000 soʼm pul evaziga 2020 yil 13 mart kuni Nishon tumani tugʼruqxonasida tugʼilgan qiz chaqaloqni tadbirda xaridor sifatida ishtirok etgan E.N.ga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʼlga olingan.
Holat yuzasidan olib borilgan dastlabki surishtiruvlar davomida X.Sh. Ch.G. ning qizi B.Ch.ni Nishon tumani tugʼruq kompleksi mudiri Nishon tumanida yashovchi S.N. bilan birga 5.000.000 soʼmga sotib, Ch.G.ga tugʼish harajatlarini berishmoqchiligini bildirgan. X.Sh.ning koʼrsatmasiga asosan, 2020 yil 25 mart kuni soat 20:30 larda Nishon tumanida joylashgan bekatda navbatchi doya X.Sh. mudir S.N. bilan uchrashib, unga qiz chaqaloqni sotishdan tushgan 4.000.000 soʼm pullarni bergan vaqtida Qarshi shahar IIO FMB xodimlari tomonidan ushlangan.
Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan X.Sh. va boshqalarga nisbatan Oʼz.R JKning 135-m. 3-q “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.