12 Iyul 2023 yil 203

Qochoqda halovat bo‘lmas

Firibgarlik yo‘li bilan ko‘p miqdorda o‘zgalarning mulkini o‘zlashtirib, bamaylixotir yashamoqchi bo‘lganlar adashadi. Jumladan, Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi A.G. ham birovlarni chuv tushirgani uchun Qarshi shahar IIO FMB tomonidan tergovga jalb etildi. Ammo u aybiga iqror bo‘lish o‘rniga qochishni afzal bildi. Natijada unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.

Qashqadaryo viloyat IIB TQX xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida joriy yil 5 iyul kuni Toshkent shahridan ushlanib, VShga joylashtirildi.

Text to speech