Ochiq va shaffof qabuldan fuqarolar mamnun
Bugun Chiroqchi tuman davlat xizmatlari
markazida viloyat sektorlar rahbarlari fuqarolar bilan ommaviy sayyor qabul
o‘tkazdi. Sayyor qabulda 3-sektor rahbari viloyat ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov ham ishtirok etib, tuman sektorlar
rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va mutasaddi idoralar
vakillari ishtirokida o‘n bir nafar fuqarolarni qabul qildi.
Shaffof, oshkora va ochiq tashkil etilgan
sayyor qabulda fqarolarning ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan
tergov va surishtiruv harakatlari, ichki ishlar organlariga ishga tiklash,
ishga kirish va soha xodimlarining xizmatidan minnatdorlik bilan bog‘liq
murojaatlar tinglandi.
Inson qadri ustuvor darajaga ko‘tarilgan
yurtimizda fuqarolarning muammolariga yechim topish, ularni qiynayotgan
kundalik va maishiy yumushlarni bartaraf etish, pirovardida odamlarni hayotdan
rozi qilish maqsadida o‘tkazilgan qabulda 7 muammolar joyida hal etildi.
O‘rganish uchun vaqt va mablag‘ talab etadigan
4 ta murojaatlar ijroga qaratilib, mas’ullarga hal etish topshirig‘i berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.