8 Yanvar 2024 yil 673

Ochiq sayyor sud majlisi

Kitob tumani Madaniyat saroyida ochiq sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda jinoyat ishlari bo‘yicha Kitob tumani sudi raisi Azimjon Akbarov, vakolatli organlar xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari va yoshlar ishtirok etdi. Shu kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida 3 nafar shaxslarga nisbatan jinoyat ishi hamda 5 nafar shaxslarga oid 3 ta ma’muriy sud ishlari ko‘rib chiqildi hamda har bir holat bo‘yicha qonunda ko‘rsatilgan tartibda jazo choralari tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur sud majlisida yoshlarni ham ishtirokini ta’minlashdan ko‘zlangan maqsad - ular tarbiyasi har bir davrning o‘ta dolzarb masalasi bo‘lib kelganini anglagan holda huquqbuzarliklarni oldini olish, sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonunga xilof qilmish uchun jazo muqarrarligi, har bir jinoyat jazosiz qolmasligini yosh avlodga yetkazish, ularni qonunga hurmat va unga rioya etish ruhida tarbiyalashdan iboratligi aytib o‘tildi.

Text to speech