5 Dekabr 2024 yil 776

Ochiq eshiklar kuni

IIV Qashqadaryo akademik litseyida o‘quvchi yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular ongida adolat va qonun ustuvorligi g‘oyalarini singdirish, yoshlarda vatanparvarlik, tanlagan kasbiga sadoqat, mardlik singari tuyg‘ularni kuchaytirish maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, IIV Qashqadaryo akademik litseyining o‘quvchilari Qarshi shahridagi 521-safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar” tadbiriga qatnashdi. Ushbu tadbirda o‘quvchilar jangovar o‘q-otar qurollari, zirxli texnikalar, oshxona, kutubxona faoliyati va harbiylarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

O‘quvchilar o‘tkazilgan tadbirdan katta ta’ssurot bilan qaytishdi. 

    

Text to speech