11 Oktyabr 2024 yil 592

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida tadbir tashkil etdi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov o‘ziga biriktirilgan Qarshi shahar “Aralovul” mahallasidagi 31-maktabning yuqori sinf o‘quvchilarining harbiy xizmat va majburiyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, Vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish maqsadida Qarshi shahridagi harbiy qismga “Ochiq eshiklar kuni” doirasida tadbir tashkil etdi.  

Harbiy qismda yoshlar dastlab o‘quv binosida askarlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. So‘ngra, jangovar taktik o‘quv sinflaridagi jihozlar, ma’naviyat va ma’rifat xonalaridagi ko‘rgazmali qurollar, mamlakatimiz tarixi va jahonda muhim ahamiyatga ega mohir sarkarda  va sohibqiron bobomiz Amir Temur buyuk sohibqiron Amir Temur shaxsi, olib borgan harbiy yurishlarida qo‘llangan usul va tadbirlar haqida ishtirokchilarga tushunchalar berildi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida o‘quvchi yoshlar askarlar yotoqxonasida bo‘lishdi. Shundan so‘ng, yopiq o‘q otish poligonida bo‘lib, merganlik mahoratini sinovdan o‘tkazishdi.

Harbiy qism saf maydonida o‘quvchi yoshlarga jangovar qurollarning taktik va texnik xususiyatlari haqida ma’lumot berildi.

Yakunda oshxonada bo‘lgan yoshlar harbiy xizmatchilarning kunlik ovqatlanish jarayoni bilan tanishib,

bir olam taassurot olib, bilimlarini boyitishdi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech