Ochiq eshiklar kuni
Ichki
ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda 14 yanvar - Vatan
himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri
bo‘lib o‘tdi.
Ko‘lam
keng tadbirda akademik litsey rahbariyati, o‘qituvchilar va o‘quvchilari
O‘zbekiston “VETERAN” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi viloyat
birlashmasi hamda “Qarshi” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirok etishdi.
Tadbirda
so‘z olganlar Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda 14
yanvar - Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan barchani qutlab, yosh avlodni
Vatanga sadoqat va muhabbat, vatanparvarlik ruhida barkamol qilib tarbiyalash,
ichki ishlar organlariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish borasida so‘z
yuritishdi.
Litsey
o‘quvchilari ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, va imkoniyatlardan
foydalanib, fan va sport olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritayotgani va bu
dargohni bitirgan mutaxasislar yoshlar turli sohalarda, davlat boshqaruv
organlarida samarali xizmat qilishayotganini alohida e’tirof etildi.
So‘ngra,
Ichki ishlar vazirligi maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi
Qashqadaryo viloyat bo‘yicha maxsus otryadi va boshqarma Tezkor vazifalarni
bajaruvchi safarbarlik otryad xodimlari o‘quvchilarga maxsus qurollarni
taktik-texnik xususiyatlari, ulardan foydalanish, tartiblarini tushuntirishdi.
Shundan
so‘ng, o‘quvchilar maxsus qurollarni to‘liqsiz qismlarga ajratish bo‘yicha
tajriba va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Yakunda litsey o‘quvchilari sportning tosh
ko‘tarish, arqon tortish turlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan
o‘quvchilar qimatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.