4 May 2023 yil 538

“Obod va xavfsiz mahalla” dasturi amalda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vaziriligi, Respublika Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligining qo‘shma qaroriga asosan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida vohadagi mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish borasida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan,  Nishon tuman hokimligida barcha mahallalarning beshligi ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektorlari ishtirok etgan mashg‘ulotlarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, IIV akademiyasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish tartiblari tushuntirildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech