22 Noyabr 2023 yil 897

“Obod va xavfsiz mahalla tamoyili” amalda

Shahrisabz tumani ichki ishlar bo‘limida “qizil” toifadagi mahalla fuqarolar yig‘ini beshligi ishtirokida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Unda viloyat IIB JXX HPB boshlig‘i, polkovnik  Ruslan Temirov, tuman prokurori Jasur Tursunov, tuman IIB boshlig‘i, podpolkovnik Alisher Djo‘rayevlar ishtirok etib, ishtirokchilarga “Obod va xavfsiz mahalla tamoyili” asosida ishlarni tashkil etish, sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olish hamda “ijtimoiy profilaktika” tadbirlarini kuchaytirish yuzasidan zarur yo‘nalish va ko‘rsatmalar berishdi.

Tadbirda ishtirokchilarga “Huquq tartibot maskani” hamda “Xontepa” mahalla fuqarolar yig‘ini ish faoliyati yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, tuman IIB, Milliy gvardiya xodimlari, fidokor yoshlar va boshqa mutasaddilarga huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, tungi xizmatni olib borish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar hamda yo‘riqnomalar berildi.

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: