10 Noyabr 2022 yil 309

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi amalda

Qashqadaryoda viloyat sektorlar rahbarlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida bunyodkorlik ishlariga bosh-qosh bo‘lmoqda. Bunda asosiy e’tibor fuqarolarga shart-sharoit yaratish, kundalik va maishiy, kommunal hamda qishloqlar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilmoqda. Bu borada barcha tumanlardagi mahallarda yo‘llar infratuzilmasini yaxshilash, tuproqli yo‘llarga tosh-shag‘al yotqizish ishlari jadal tus olgan. Jumladan, ayni kezlarda viloyatdagi mahallalar ichki yo‘llarini shag‘allashtirishda boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Tizim xodimlari Ko‘kdala tumanidagi “Toshli” MFY hududidagi 1,5 km masofadagi ichki yo‘llarga  300 m3 qum-shag‘al aralashmasi keltirilib, maxsus texnikalar yordamida tekislandi.

 Amalga oshirilayotgan ishlarda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash bilan birga qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ommaviy ishlarda ishchi guruh tarkibida faol ishtirok etmoqda.

Bu boradagi bunyodkorlik ishlari viloyatning barcha shahar-tumanlarida davom ettirilmoqda.

Text to speech